"Liga kuchayib qolmadi": La Liga prezidenti Saudiya Arabistoni chempionatini tanqid qildi

Sherzod Nurmatov
22 noya 2025, 11:40
Yulduzli o'yinchilar, xususan, Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning ketishi bilan Ispaniya ligasi o'z qiymatini yo'qotdi, La Liga prezidenti Xaver Tebas bundan afsuslanishini bildirdi.

Ammo u boshqa ligalarni tanqid qilishni ham unutmadi.

Tebas yulduz o'yinchilarni sotib olish Saudiya Arabistoni Pro Ligasining o'sishiga yordam bermaganini aytdi.

"Men Messi, Krishtianu, Mourinyu, Gvardiola - ularning barchasini afzal ko'raman... Biroq bu barqaror o'sishning kaliti emas. O'yinchilar kelib-ketishadi, ulug'lik esa klublar va kuchli liga bilan belgilanadi. Saudiya Arabistoni ligasiga qarang - ularda ko'plab yulduzlar bor, lekin ular kuchayib qolgani yo'q", – dedi Tebas.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com