Liga 1. “Marsel” g'alabaga erishib, PSJ bilan oradagi farqni qisqartirdi

30 noya 2019, 07:49
Fransiya chempionati 15-turi doirasida ilk o'yin Marsel shahrida bo'lib o'tdi.

Unda mezbon “Marsel” “Brest”ni qabul qilib, 2:1 hisobida zafar quchdi.

Ushbu g'alabadan so'ng marselliklar ochkolari sonini 28 taga etkazib, 1-o'rindagi PSJ bilan farqni 5 ochkogacha qisqartirib oldi. “Brest” esa 18 ochkosi bilan 14-o'rindan joy olib turibdi.

“Marsel”-“Brest” 2:1

Gollar: 1:0 – 56 Sarr, 1:1 – 88 Kardona, 2:1 – 89 Radonich.

Marsel – Mandanda, Sakai, Kamara, Chaleta-Car, Amavi, Ronje, Strotman, Sanson, Sarr (Radonich, 74), Benedetto (Lopes, 80), Payet (Jermen, 88).

Brest – Larsonner, Fossure, Kastelletto, Ben, Perro, Diallo, Lasn (Mendi, 73), Belkebla (Battokkio, 64), Otre (Gransir, 69), Sharbone, Kardona.

Ogohlantirishlar: Diallo (20), Mendi (90).

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia