Liga 1. “Lion” bir kishi kam o'ynab “Sent-Eten”ni mag'lub etdi

24 noya 2018, 07:42
Fransiya chempionatining 14-tur bahslari boshlandi.

Turning ilk o'yinida “Lion” o'z maydonida “Sent-Eten”ni qabul qilib, 62-daqiqada Denayer tomonidan kiritilgan gol sabab uch ochkoni qo'lga kiritdi. Lionliklar 70-daqiqada boshlab bir kishi kam bo'lib o'ynadi. Boisi Rafael qizil kartochka olib maydonni tark etdi.

“Lion” – “Sent-Eten” 1:0

Gol: 1:0 – 62 Denayer.

“Lion” – Antoni Lopesh, Denayer, Marselo, Marsal, Rafael, Ndombele, Auar, Mendi, Fekir (Korne, 46), Dembele (Tuzar, 73), Depay (Traore, 90).

“Sent-Eten” – Ryuffe, Debyushi, Subotich, Kolodzeychak, Monne-Pake (Amuma, 68), Selnes (Berich, 77), Mvila, Silva, Kabella, Xazri, Doni (Salibur, 68).

Ogohlantirishlar: Monne-Pake (39), Denayer (42), Kolodzeychak (89).

Chetlatish: Rafael (70).

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia