

"Tovuslar" rahbariyati jamoaning argentinalik bosh murabbiyi Marselo Belsani iste'foga chiqarish haqida o'ylab qolishdi.
Xabarlarga ko'ra, murabbiy kelasi mavsum aniq "Lids"ni boshqarmaydi. Agar jamoaning natijalari yaxshilanmasa, Belsa qishdayoq iste'foga chiqarilishi mumkin.
"Lids" 18 turdan so'ng 16 ochko jamg'argan holda jadvalda 16-o'rinda bormoqda. "Tovuslar" 26 dekabrda "Liverpul" bilan o'ynashadi.



