"Leyptsig" rahbariyati jamoani vice-chempion qilgan murabbiyni iste'foga chiqardi

Mirjalol Normatov
16 may 2018, 17:31
"Leyptsig" jamoasi matbuot xizmati bosh murabbiy Ralf Xayzenxyuttl iste'foga chiqarilgani borasida ma'lumot berdi.

Aslida uning shartnomasi 2019 yilga qadar davom etishi kerak edi, biroq kelishuv tomonlarning roziligiga ko'ra bekor qilindi.

Avstriyalik murabbiy 2016 yilda "Leyptsig" boshqaruvini o'z qo'liga olgandi. O'tgan mavsumda u jamoani Germaniya chempionati vice-chempioniga aylantirgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/RBLeipzig_EN