“Leyptsig” ilk marta YCHL yarim finaliga chiqdi. Klubga 2009 yilda asos solingan

Nemis klubi YCHL 1/4 finalida “Atletiko M”ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.

Shu tariqa “Leyptsig” o'z tarixida ilk bor YCHL yarim finali yo'llanmasiga ega chiqdi. Klubga 2009 yilda asos solingan. Jamoa faqat 2019/20 yilgi mavsumga kelib YCHLda debyut qildi.

Jamoa guruh bosqichida “Zenit”, “Lion” va “Benfika” bilan kurash olib bordi. Pley-offga guruh bosqichida 1-o'rinni qo'lga kiritgan holda chiqdi. 1/8 finalda esa Joze Mourinyu qo'l ostidagi “Tottenxem”ni (3:0, 1:0) taslim qildi.


Manba: Football24