Levandovskiga 11ta klub shartnoma taklif qilgan ekan

Narzulla Saydullayev
16 yanv 2014, 15:28
"Bavariya" polshalik hujumchi Robert Levandovskini Yevropaning 11ta klubidan oldin o'z safiga qo'shib oldi.
Yozda "Borussiya" bilan shartnomasi tugaydigan futbolchiga "Real", "Manchester Yunayted", "Manchester Siti", "Chelsi", "Arsenal", "Tottenxem", "Yuventus", "Roma", "Inter", "Zenit" va "Shaxter" klublaridan taklif yuborilgan.

Eslatib o'tamiz, "Bavariya” yanvar oyi boshida Levandovski bilan shartnoma tuzganini e'lon qilgandi. Futbolchi iyul oyida Myunxen klubiga o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru