Levandovski va Koman janjallashib qolishdi

11 apr 2019, 20:27
“Bavariya”ning bugungi mashg'ulotlari chog'ida jamoa a'zolari orasida nizo kelib chiqdi.

Hujumchi Robert Levandovski va yarim himoyasi Kingsli Koman vaziyatlarning birida dastlab bir birlarini “shirin” so'zlar bilan haqorat qilishdi so'ngra rostmanasi janjallashib ketishdi, deya xabar bermoqda Bild.

Niklas Zyule va Jerom Boateng vaziyatga aralashib, janjalkash “xo'roz”larni ajratib qo'yishdi.

Bosh murabbiyi Niko Kovach esa futbolchilarni bu qilig'i uchun echinish xonasiga jo'natmadi. Aksincha ular mashg'ulotlarda davom ettirishdi.

“Bavariya” hozircha bu vaziyatga rasman izoh bergani yo'q.

O'xshash yangiliklar


Manba: Bild