Levandovski Peleni ortda qoldirib, terma jamoalar tarixidagi eng yaxshi to'purarlar o'nligiga kirdi (+ro'yxat)

Eldor Akmurzayev
5 dek 2022, 10:00
JCH-2022 1/8 finalida Polsha TJ 1:3 hisobida Fransiyaga yutqazib, musobaqa bilan xayrlashdi.

90+7-daqiqada Robert Levandovski penaltini aniq amalga oshirdi va terma jamoadagi gollari sonini 78 taga etkazib oldi. U milliy jamoalar tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida Peleni (77 ta gol) ortda qoldirib, kuchli o'nlikka kirishga erishdi.

Top-10 quyidagi ko'rinishda:

1. Krishtianu Ronaldu (Portugaliya) – 118 gol;

2. Ali Dayi (Eron) – 109;

3. Lionel Messi (Argentina) – 94;

4. Moxtar Daxari (Malayziya) – 89;

5-6. Ferenc Pushkash (Vengriya), Sunil Chetri (Hindiston) – 84 tadan;

7. Ali Mabxut (BAA) – 80;

8. Godfri Chitalu (Zambiya) – 79;

9-10. Robert Levandovski (Polsha), Husayn Said (Iroq) – 78 tadan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia