Levandovski: "Bavariya"ning vazifasi Germaniya chempionatida g'olib bo'lish"

Aslanov Jasurbek
5 mar 2016, 14:47
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovskining so'zlariga ko'ra, jamoaning joriy mavsumdagi asosiy vazifasi - Germaniya chempionatida g'olib bo'lish.

"Biz "Borussiya"dan 5 ochko ilgarilab ketyapmiz. Vazifamiz Bundesligada g'olib chiqish. Hech bir jamoa milliy birinchilikda ketma-ket to'rt marotaba g'alaba qozonmagan. Biz bunga erishib, tarixga kirmoqchimiz. Buning uchun kurashni davom ettirish zarur. Mavsum tugashiga ancha vaqt bor" - deydi Levandovski.

Bundesliga turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal