Levandovski "Bavariya" tarkibida 32 o'yinda 39 ta gol urdi

Оқил Абдубарноев
20 fev 2022, 23:02
Robert Levandovski ushbu mavsumda "Bavariya" tarkibida 32 o'yinda 39 ta gol urdi.

"Bavariya" hujumchisi Bundesliganing 23-turida "Groyter"ga (4:1) qarshi o'yinda ikkita gol urdi.

Bu 33 yoshli polshalik futbolchining joriy mavsumda 32-o'yindagi 38 va 39-gollari bo'ldi. Shuningdek, u Chempionlar ligasining 7 ta uchrashuvida 9 ta gol urgan.

Levandovski Bundesliganing eng yaxshi to'purarlari ro'yxatini boshqarib turibdi. Uning hisobida 28 ta gol bor. Ikkinchi o'rindagi "Bayer" hujumchisi Patrik Shik 20 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: bundesliga.com