Levandovski 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi

17 noya 2022, 12:25
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski Ispaniya chempionatining navbatdagi 3 ta turini o'tkazib yuboradi.

Polshalik futbolchi La Liga 14-turi doirasidagi "Osasuna"ga qarshi kechgan bahsning (2:1) 31-daqiqasida ikkinchi sariq qartochkani ishlab oldi va maydonni erta tark etdi. 

U hakamga hujumkor ishora qilgani uchun maxsus qo'mita tomonidan uchta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

Shu tariqa, Robert Levandovski "Barselona"ning Jahon chempionatidan keyin bo'lib o'tadigan "Espanol", "Atletiko" va "Betis"ga qarshi o'yinlarida jamoasiga yordam bera olmaydi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com