"Lester" yarim himoyachisi "Galatasaroy"ga o'tishga yaqin

Alisher
8 sen 2021, 15:23
"Lester" xavbeki Nampali Mendi ijara asosida "Galatasaroy"ga o'tishga yaqin, bu haqda futbolchining agenti Yasin Ayad xabar bermoqda.

"Ikki klub Nampalining ijarasi borasida kelishishdi, ammo o'yinchi Turkiyada transfer oynasi yopilguniga qadar ulgurishi kerak. U Istanbulga mahalliy vaqt bilan 23.59gacha borishga ulgurishi kerak", - deydi Ayad.

Mendi "Lester"da 2016 yilning yozidan beri o'ynaydi, futbolchi 2021/22 yilgi mavsum "tulkilar" tarkibida hali o'yin o'tkazmadi.

Eslatib o'tamiz, bugun Turkiyada transfer oynasining so'nggi kuni.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Foot Mercato