"Lester" "Atalanta" bilan himoyachi Gozensning transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda

Alisher
5 may 2021, 14:48
"Lester" "Atalanta" himoyachisi Robin Gozensni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

"Tulkilar" 26 yoshli germaniyalik futbolchi uchun 25 million evro va qo'shimcha tarzda bonuslar taklif qilmoqda.

Xabarlarga ko'ra, "Atalanta" futbolchidan 35-40 million evro ishlab olmoqchi. O'yinchiga shuningdek "Yuventus" va "Inter" klublari qiziqish bildirmoqda.

Gozens joriy mavsum bergamoliklar tarkibida 39ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 8ta assist qayd etdi.

[instagram]

 [/instagram]

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira