"L’Équipe": Zidan Benzemani almashtirish uchun Ikardi yoki Vernerni olishi mumkin
Tolibjon Qosimov
4 yanv 2018, 20:04
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Karim Benzemani almashtirish uchun "Inter" hujumchisi Mauro Ikardi yoki "RB Leyptsig" forvardi Timo Vernerni sotib olishga tayyor.
Bu haqda "L’Équipe"ga tayangan holda "Football Italia" xabar berdi.
Oldinroq, murabbiy Benzemaga o'rinbosar izlashga qarshi bo'lgan edi. Lekin, manbaning ma'lumotiga ko'ra klub prezidenti Florentino Peres bilan suhbatdan so'ng fikrini o'zgartirgan.