Leonardo Bonuchchi: Afsuski, hammasi birinchi o'yinda hal bo'lib bo'lgandi

16 mar 2018, 09:20
“Milan” himoyachisi “Arsenal”ga uchralgan mag'lubiyatga izoh berdi.

“Hech kim bizni kurashmadi deb ayta olmaydi. Afsuski, ikkinchi goldan keyin hammasi izdan chiqdi. Jamoa o'smoqda va o'yin sifati yaxshilanmoqda. “Arsenal” - juda yaxshi raqib. Ammo afsuslar bo'lsinki, hammasi birinchi o'yinda hal bo'lib bo'lgan edi. Muhimi bizni minglab muxlislar Milandan kelib o'yin so'ngiga qadar qo'llab-quvvatladi. Biz A Seriyada 4-o'rin uchun kurashni davom ettiramiz”, - deydi Bonuchchi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sport Italia