Lempard: “Futbolchi sotib olishni istagandik, ammo...”

31 yanv 2020, 22:31
Londonning “Chelsi” klubi bosh murabbiyi Frenk Lempardning bayonotiga ko'ra, qishgi transfer oynasi vaqtida klub Dris Mertens (“Napoli”) yoki Edinson Kavaninii (PSJ) sotib olmaydi.

Shuningdek, murabbiy Olive Jiru ham sotilmasligini ta'kidlab o'tdi.

Mertens va Kavanining transferi haqida gapirsam, biz uchun amalda transfer oynasi yopildi, shu bois jamoamizdan qaysidir futbolchining ketishi ham amalga oshmaydigan ish.

Transfer oynasi vaqtida faollik ko'rsatmaganimiz menga salbiy ta’sir qildi, deb aytolmayman. Futbol qanday ekanligini yaxshi bilaman. Bir qator masalalari mening vakolatimga kirmaydi. Birinchi navbatda men murabbiylik ishiga javob beraman.

Albatta, biz futbolchi sotib olishni istagandik. Men bu haqda bir necha marta gapirdim. Ammo bu amalga oshmadi”, deya Lempardning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports