

Ilk mashg'ulot jarayonida final ishtirokchilari (Olive Jiru, Ngolo Kante, Kurt Zuma va Pol Pogba)dan tashqari barcha ishtirok etdi.
Mashg'ulotlarni shuningdek "Atletiko" hujumchisi Toma Lemar ham o'tkazib yubordi. U klub safida sonidan olgan jarohatini tiklash bilan band.
Lemarning tez orada mashg'ulotlarga qaytishi kutilmoqda. Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham o'yinchining 11 iyunda boshlanadigan Yevropa chempionatigacha o'z formasini tiklab olishiga ishonchi komil.



