Legionerlarimiz. Bugun Shomurodov, Husanov, Rahmonaliev, Turg'unboev, Esanov jamoalari o'ynaydi

Iskandarov Abdulaziz
19 apr 2025, 09:55
Bugun xorijda to'p tepayotgan bir necha nafar legionerlarimiz o'z klublari safida navbatdagi uchrashuvlarini o'tkazishadi.

Aziz Turg'unboev to'p tepadigan "Sivasspor" jamoasi Turkiya Superligasining 32-turida mehmonda "Kosimposho" bilan kuch sinashadi. Uchrashuv 15:30da start oladi. 

Rossiya Premer-Ligasining navbatdagi turida Sherzod Esanov o'ynaydigan "Akron" o'z maydonida "Spartak Moskva"ni qabul qiladi. O'yin 16:30da boshlanadi. 

Bugun Ozarbayjon Premer-Ligasida "Sabax" uyda "Sabail" bilan to'qnash keladi. "Sabax" tarkibida o'zbekistonlik yarim himoyachi Umarali Rahmonaliev to'p tepmoqda. Bahs 18:30da bo'lib o'tishi ko'zda tutilgan. 

Abduqodir Husanov harakat qiladigan "Manchester Siti" Angliya Premer-Ligasining 33-turida "Everton" maydoniga safar qiladi. O'yin 19:00 da boshlanadi. 

Bugun Italiya A Seriyasida 33-tur o'yinlari boshlanadi. Tur doirsida Eldor Shomurodov to'p tepadigan "Roma" Rimda "Verona"ni mehmon qiladi. O'yin 23:45ga belgilangan. 

Barcha legionerlarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz!

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia