Leau qanday shaxsiy va jamoaviy sovrinlarni yutishni istashini aytdi

Mirjalol Normatov
11 yanv 2025, 00:36
"Milan" futbolchisi Rafael Leau asosiy maqsadi haqida gapirdi.

"Doimo yuqori kuchda o'ynashning iloji yo'q. Bazi o'yinlarda kamroq harakat qilib ham natijaga ega chiqish mumkin. Hozir futbol o'zgargan va sermahsullikdan ko'ra statistikalar asosiy o'ringa chiqqan.

Raqib darvozasi yonida agressiv bo'lishga harakat qilyapman. Albatta, har bir futbolchi "Oltin to'p"ni yutishni istaydi. Biroq men uchun asosiysi - jamoa bilan katta sovrin yutish. Shu boisdan YCHLni yutishni xohlayman.

Bilaman, har bir o'yinda ajralib turish kerak. Uchrashuvlarda final kabi o'ynasak, amalga oshmaydigan ishning o'zi bo'lmaydi", - dedi "Milan" vingeri.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport