Lautaro Martines "Inter" bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin

Alisher
22 fev 2021, 17:16
"Inter" yetakchilaridan biri Lautaro Martines "neradzurrilar" bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin.

23 yoshli argentinalik futbolchi va italyan klubi o'rtasidagi shartnoma 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallanadi.

Shunday ekan, Martines "Barselona"ga yozda o'tmaydi. "Ko'k-anorranglilar" anchadan beri Lautaroga qiziqish bildirishadi va uni Luis Suaresga o'rinbosar sifatida ko'rishayotgandi.

Forvard joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 23ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 4ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Todofichajes