Lautaro Martines "Inter" bilan shartnoma imzoladi

Omonjon To`xtamirzayev
13 avg 2024, 11:50
Lautaro Martines "Inter" bilan yangi shartnomaga imzo chekdi.

Futbolchining klub bilan kelishuvi 2029 yilgacha amal qiladi.

Argentinalik milanliklar safida 2018 yildan buyon to'p tepib kelmoqda. O'tgan mavsum futbolchi 44 o'yinda maydonga tushgan va 27 ta gol urib, 7 ta golli uzatma etkazib berdi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: inter.it