Lautaro Martines chorshanba kuni "Inter" bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin

Aslanov Jasurbek
29 avg 2021, 21:37
Lautaro Martines katta ehtimol bilan boshqa klubga kyetmaydi.

"Inter" klubi transferlar oynasi yakunlangunga qadar, o'z hujumchisi Lautaro Martines bilan yangi shartnoma imzolash niyatida. L`Interista nashrining xabar berishicha, chorshanba kuni futbolchi va klub o'rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga ko'tariladi. Argentinalik futbolchining yangi shartnomasi 2025 yilga qadar tuziladi. Lautaroning maoshi esa yiliga 5,8 mln evro qilib belgilanadi.

O'tgan mavsumda forvard A Seriyaning 38 o'yinida 17 gol va 6 assist qayd etgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L`Interista