Lautaro "Inter"ga "Barsa"ga o'tmoqchi ekanligini xabar qildi. U Messi bilan birga o'ynashni orzu qiladi

Alisher
13 sen 2020, 14:58
"Inter" hujumchisi Lautaro Martines "Barselona"ga o'tmoqchi.

Futbolchi klub rahbariyatiga "Barselona"da o'ynamoqchi ekanligini aytdi. Argentinalik futbolchi Kataloniya klubida qolgan hujumchi Lionel Messi bilan birga to'p tepishni orzu qiladi.

Ammo, "Inter" Lautaro bo'yicha talablarini pasaytirmoqchi emas. Klub uning transferidan 111 million evro ishlamoqchi, bu iyul oyida yakuniga etgan xarid qilish huquqining narxiga teng.

"Inter" shuningdek bitimga "Barsa" o'yinchilaridan birining kirishiga rozilik bildirgan, ammo ular kataloniyaliklarning qo'shimcha 80-90 mln evro olishni xohlashmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: corrieredellosport.it