Laporta: “Optimistman. La Liga chempionligi uchun imkoniyatimiz bor”

Eldor Akmurzayev
14 fev 2022, 09:50
“Barselona” prezidenti Joan Laporta jamoaning Ispaniya chempionligi uchun davogarlar qatoridaligini aytdi.

“Real” “Vilyarreal” bilan durang (0:0) o'ynashi, biz uchun Primerada g'alaba qozonish uchun imkoniyatimizni saqlab qoldi. Tabiatan doimo optimistman va o'ylaymanki, bizda chempionlik uchun imkoniyatimiz etarli. Bizning davrimiz keladi, deya har safar aytganman.

“Espanol”, “Valensiya” va “Atletik” bilan o'yinlar Chempionlar Ligasi pog'onalariga qaytish hamda bosh sovrin uchun kurashda muhim ahamiyatga ega. Bu “Real” muvaffaqiyatsizlikka uchrasa va biz g'alaba qozonishda davom etsak yuz berishi mumkin”, deydi Laporta.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Mundo Deportivo