Laporta "Barselona" o'yinlarida ishlayotgan hakamlarning qarorlaridan norozi

Sherzod Nurmatov
11 okt 2022, 15:05
Kataloniyaliklarga penalti berishmayapti.

"Barselona" prezidenti Joan Laporta Kataloniya klubi ishtirokidagi o'yinlardagi hakamlarning qarorlaridan noroziligini bildirdi. Gap Chempionlar Ligasida "Inte"  va "Bavariya"ga qarshi to'qnashuvlar haqida ketmoqda.

"Hakam Myunxenda Dembelega yaqqol penaltini bermadi. Men Levandovskiga qo'pollik qilinganda ham penaltini ko'rdim, lekin u ham berilmadi. Bu haqiqatan ham sharmandali edi. Shuning uchun men Superligaga ishonch bilan qarayapman – u yerda hamma narsa professionalroq bo'ladi", – dedi funkcioner.

Oldinroq Joan Laporta "Barselona" chiqimlarni kamaytirib, foydaga kirishni boshlaganini ma'lum qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo