Laporta: "Agar Xudo bor bo'lsa, u "Barsa" tomonida"

Sherzod Nurmatov
14 okt 2025, 12:40
"Barselona" prezidenti Joan Laporta Xudoga ishonishini, lekin dinga etiqod qilmasligini aytdi.

"Men Xudoga ishonaman. Imon menga yordam beradi, lekin men bunga amal qilmayman. Menga etiqod yoqadi. Bir episkop aytganidek, jannat – bu "Barsa" har besh daqiqada "Real"ga gol uradigan joy. Agar Xudo bor bo'lsa, u "Barsa" tomonida", – dedi Laporta.

La Liganing 8-turidan so'ng "Real" 21 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, "Barselona" esa 19 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. Jamoalar 26 oktyabr kuni La Liganing 10-tur uchrashuvida o'zaro to'qnash keladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS