

22 yoshli futbolchi Odil Ramining o'rnini egallaydi. Laport hozirga qadar Fransiya terma jamoasi safida bironta o'yinda maydonga tushmagan. Dide Desham boshchiligidagi terma jamoaga Lill himoyachisi Sebastyan Korshya ham qo'shildi.
Fransiya – Ispaniya uchrashuvi 28 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 23.55da boshlanadi.




