"Lans" markaziy himoyachisi klubni tark etishi mumkin

Оқил Абдубарноев
24 iyul 2023, 21:53
24 yoshli futbolchiga "Napoli" qiziqish bildirmoqda.

Fransiyaning "Lans" klubi markaziy himoyachisi Kevin Danso jamoasini o'zgartirishi mumkin.

24 yoshli avstriyalik o'yinchi "Napoli"ning diqqatini tortgan. Italiyaning amaldagi chempionlari jamoani tark etgan Kim Min Chjening o'rnini to'ldirish maqsadida Dansoni olib kelishni rejalashtirmoqda.

La Gazetta dello Sport xabariga ko'ra, francuzlar himoyachini 30 mln evroga baholamoqda.

Avvalroq klub o'zbekistonlik markaziy himoyachi Abduqodir Husanov bilan shartnoma imzolagani haqida xabar bergandik.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: La Gazetta dello Sport