
Etarlicha o'yin vaqtiga ega bo'lmayotgan 21 yoshli Argentina terma jamoasi futbolchisi qishki transferlar oynasi mobaynida ijara asosida “Atletiko”ga o'tishi mumkin, deb xabar beradi Footylatest.
Manbaning xabariga ko'ra, klublar o'rtasida ushbu masalaga tegishli muzokaralar boshlangan.
Eslatib o'tamiz, Lamela yozda 30 million evro evaziga “Roma”dan “Tottenxem”ga o'tgan edi.