LaLigada ham iste'fo yuz berdi

Aslanov Jasurbek
4 dek 2018, 17:02
So'nggi bir necha kun ichida Angliya Premer-ligasi hamda Liga 1da bosh murabbiylar iste'fosi ro'y berdi.

"Sautgempton", Mark Xyuz bilan xayrlashdi, "Renn" esa Sabri Lyamushini ishdan bo'shatdi.

Bugun LaLigada ishtirok etadigan klub "Atletik"da murabbiy iste'fosi ro'y berdi. Muvaffaqiyatsiz natijalar tufayli Baskoniya klubi ustozi Eduardo Bericco ishsiz qoldi. Bericco klubni joriy yilning yozida qabul qilib olgan edi.

"Atletik" LaLiga turnir jadvalida 11 ochko bilan 18-o'rinni egallab turibdi.

Gaiska Garitano vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajarib turadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/athleticclub