LaLiga. Joriy mavsumda birinchi "El-klassiko" qachon o'tkazilishi ma'lum

25 sen 2019, 20:35
Ispaniya chempionati 10-turida "Barselona" va "Real" jamoalari o'rtasidagi qarama-qarshilik o'tkaziladi.

AS nashrining bergan ma'lumotiga ko'ra, LaLiga 10-turidan joy olgan mazkur super to'qnashuv 26 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanishi rejalashtirilgan. Uchrashuv "Kamp Nou" stadionida bo'lib o'tadi.


Ayni paytda "Real" uchinchi, "Barselona" esa 4-o'rinda bormoqda. "Qirollik" klubi bitta zaxira o'yiniga ega va azaliy raqibini 1 ochkoga ortda qoldirmoqda.

LALIGA JADVALI

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia