Lagerbek: "Islandiya birinchi taymda mag'lub bo'ldi, ammo yigitlar bilan faxrlanaman"

Aslanov Jasurbek
4 iyul 2016, 03:50
Islandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lars Lagerbek Fransiyaga qarshi bahs haqida fikr bildirdi.

"Birinchi taymda mag'lub bo'ldik. Fransiyaliklarning mahoratiga dosh bera olmadik. Afsuski, juda ko'p gol o'tkazib yubordik... Bu Islandiya uchun birinchi chorak finalligi bilinib qoldi.

Ammo yigitlar bilan faxrlanaman. Ular taslim bo'lishmadi, oxirigacha kurashishdi, ajoyib gollar muallifiga aylanishdi. Bu bebaho" - deydi Lagerbek.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com