"Lacio" "Yuventus" xavbekini ijaraga oldi

Sherzod Nurmatov
17 avg 2023, 12:48
Futbolchi faoliyatini Rimda davom ettiradi.

"Yuventus" o'zining rasmiy saytida yarim himoyachi Nikolo Rovellaning ijara asosida "Lacio"ga ketganini e'lon qildi. Shartnoma 2 mavsumga mo'ljallangan. "Burgutlar"da sotib olish imkoniyati bo'ladi.

Italiyalik futbolchi 2021 yilning yanvarida 26 million evro evaziga "Jenoa"dan Turin klubiga o'tgandi. O'tgan mavsumda u "Monca"da ijarada o'ynadi.

21 yoshli yarim himoyachi shu kungacha "Yuventus" safida atigi 3 ta o'yin o'tkazgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: juventus.com