"Lacio" prezidenti Sarri bilan shartnoma uzaytirilishini e'lon qildi

Alisher
15 dek 2021, 11:48
"Lacio" prezidenti Klaudio Lotito jamoa bosh murabbiyi Mauricio Sarri bilan shartnoma uzaytirilganini e'lon qildi.

"Men futbolni o'zgartira oladigan inson bo'lmish Mauricio Sarri bilan uchrashdim. U ushbu sport turida katta hisni tuyadi va ushbu sport bilan yashaydi.

Bizning murabbiy - ishonchli inson. Men u bilan shartnomani ikki yilga uzaytirish borasida ko'rsatma berdim", - deydi Lotito.

Sarri "Lacio"ni 2021 yilning iyunida qabul qilib olgan va klub bilan 2023 yilning iyun oyi so'nggiga qadar shartnoma imzolagan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: RaiSport