“Lacio” Felipe Andersonning o'rniga Azmunni ko'zlayapti

Aziz Tukhtamuradov
10 iyun 2018, 09:48
Qozonning “Rubin” klubi hujumchisi Syerdar Azmun “Lacio” qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Aslida rimliklar o'tgan yilning yozidayoq Eron terma jamoasi yetakchisiga taklif bilan chiqishgandi. O'shanda “Rubin” 23 yoshli futbolchi uchun 20 mln evro so'ragan, lekin bu summa “Lacio”ni qoniqtirmagandi.

Italiya klubi Azmunga jamoani tark etishga yaqin turgan braziliyalik xavbek Felipe Andersonga izdosh sifatida qaramoqda. Anderson katta ehtimol bilan “Vest Xem”ga ko'chib o'tadi.

Ma'lumot uchun, o'tgan mavsumda Syerdar Azmun “Rubin” libosida barcha turnirlarda jami 28ta uchrashuvda maydonga tushib, 5ta gol kiritdi va 6ta golga hammualliflik qildi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif