La Liga. Zaxiradan tushgan futbolchilar gol urgan, Feliks dublga erishgan o'yinda "Atletiko" yirik g'alabaga erishdi

Eldor Akmurzayev
18 iyun 2020, 03:00
Ispaniya chempionati 29-turidan o'rin olgan Pamplonadagi bellashuv yakunlandi.

"Matraschilar" Joau Feliksning 27 hamda 56-daqiqalarda urgan gollari evaziga 2:0 hisobida oldinga o'tib oldi. Keyin esa zaxiradan o'yinga qo'shilgan Markos Lrente, Alvaro Morata hamda Yannik Karrasko ham o'z nomlarini tabloga yozdirib qo'yishdi.

Mazkur g'alabadan keyin Diego Simeone shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 49taga etdi va jamoa jadvalda 4-o'ringa ko'tarildi. "Osasuna" esa 35 ochko bilan 11-pog'onada bormoqda.

Osasuna – Atletiko 0:5 (0:1, 0:4)

El-Sadar

Gollar: 0:1 – 27 Joau Feliks, 0:2 – 56 Joau Feliks, 0:3 – 79 Lorente, 0:4 – 82 Morata, 0:5 – 88 Ferreyra Karrasko.

Osasuna – Ruben Martines, Unai Garsiya (Vidal, 67), Toni Lato (Estupinyan, 67), Aridane, David Garsiya, Inigo Peres, Monkayola, Roberto Torres, Brashanac (Adrian, 62), Arnais (Ruben Garsiya, 62), Galego (Kardona, 79).

Atletiko – Oblak, Lodi, Aryas, Savich, Ximenes, Errera, Koke, Joau Feliks (Tomas, 69), Saul (Ferreyra Karrasko, 84), Korrea (Lorente, 63), Diego Kosta (Morata, 63).

Ogohlantirishlar: Aryas (6), Joau Feliks (45), Savich (45), Arnais (58), Galego (73), Inigo Peres (85).

TURNIR JADVALI

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia