La Liga. “Real” chempion bo'lishi va Anchelotti tarixiy rekord qayd etishi uchun yana necha ochko kerak?

Eldor Akmurzayev
19 apr 2022, 08:40
“Real” ayni vaqt Ispaniya chempionatida 32 o'yin o'tkazib, 75 ochko bilan yaqqol peshqadamlik qilmoqda.

Eng yaqin taqibchi “Barselona” 32-turda autsayderlar qatoridagi “Kadis”ga minimal (0:1) hisobida yutqazdi. Kataloniyaliklar hisobida bitta zaxira o'yini bor va “qaymoqranglilar” bilan oradagi farq 15 ochkoni tashkil etmoqda.

Karlo Anchelotti shogirdlari muddatidan oldin chempionlik masalasini hal etishi uchun keyingi 6 o'yinda 7 ochko jamg'arishi lozim.

Agar bu yuz bersa, Anchelotti top-5 ligalarining barchasida mamlakat titulini qo'lga kiritgan ilk mutaxassisga aylanadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia