La Liga. "Real" mavsumdagi 3-mag'lubiyatini qabul qilib oldi

29 noya 2020, 02:55
Ispaniya chempionatining 11-tur bahslari davom etadi.

Bugun "Alaves" "Real" maydoniga safar uyushtirdi. Uchrashuvda hisob mehmonlar tomonidan ochildi - 5-daqiqada Lukas Peres penaltini golga aylantirdi. O'yinning 49-daqiqasida esa "qirollik klubi" darvozaboni Tibo Kurtua "Alaves"ga gol sovg'a qildi - imkoniyatdan "Real" tarbiyalanuvchisi Xoselu foydalanib ketdi. "Qaymoqranglilar"ning hisobni qisqartiruvchi goliga Kazemiro mualliflik qildi. Braziliyalik yarim himoyachi 89-daqiqada to'p burchakdan o'yinga kiritilgach vaziyatdan unumli foydalandi. Shu tariqa Zinedin Zidan shogirdlari mavsumdagi 3-mag'lubiyatini qabul qilib oldi → TURNIR JADVALI

Real Madrid – Alaves 1:2 

29 noyabr, 01.00, "Estadio Alfredo Di Stefano"

Gollar:

0:1 – 5, penalti Lukas Peres, 0:2 – 49 Xoselu, 1:2 – 86 Kazemiro.

Real Madrid – Kurtua, Marselo (Mendi, 69), Varan, Nacho, Vaskes, Kroos (Isko, 69), Modrich (Edegor, 69), Asensio (Vinisius Junior, 63), Kazemiro, Azar (Rodrigo, 28), Mariano Dias.

Alaves – Pacheko, Lejen, Ximo Navarro, Duarte, Laguardia, Battalya, Pina (Mendes, 77), Xota, Rioxa (Xavi Lopes, 88), Xoselu (Deyverson, 90), Lukas Peres (Sayns, 88).

Ogohlantirishlar:

Kazemiro (18), Kroos (61), Rioxa (67), Duarte (76), Mendes (88).


Manba: championat.asia