La Liga rahbari iste'foga chiqdi

Alisher
3 dek 2019, 11:30
La Liga prezidenti Xaver Tebas iste'foga chiqqanini ma'lum qildi.

"Men ushbu joyga yana nomzodimni qo'yish va saylovlarga tayyorgarlik ko'rish uchun iste'foga chiqaman", - deb yozgan Tebas o'zining "Tvitter" sahifasida.

La Liga prezidentligi saylovi 2020 yilning oxirrog'ida bo'lib o'tishi kerak edi, ammo Tebasning iste'fosi sabab bu oldinroq bo'ladigan bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Tebas "Real" muxlisi. Ammo, u bu narsa uning La Liga prezidenti sifatidagi betarafligiga ta’sir o'tkazmaydi deb hisoblaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Tebasjavier