"Barselona" forvardi Lionel Messi La Liganing 14-turida "Valensiya" darvozasiga belgilangan penaltini golga aylantira olmadi.
Bu argentinalik futbolchi tomonidan tepilgan Ispaniya chempionatidagi 72-penalti edi. Messi bu ko'rsatkich bo'yicha 2009-2018 yillarda "Real"da o'ynagan Krishtianu Ronalduga yetib oldi. U La Ligada 2004 yildan beri o'ynab keladi.