Messi Pelening rekordini takrorladi!

19 dek 2020, 22:20
"Barselona" sardori Lionel Messi bitta klub safida urilgan gollar soni bo'yicha afsonaviy Pelening rekordini takrorladi.

Kataloniya jamoasida 2003 yildan beri o'ynab kelayotgan 33 yoshli argentinalik futbolchi "Valensiya"ga qarshi o'yinda "ko'k-anorranglilar" libosidagi 643-golini urdi.

Pele ham "Santos" tarkibida xuddi shuncha to'p kiritgan. U Braziliya klubi sharafini 1956-1974 yillarda himoya qilgan edi.

Reytingning 3-pog'onasini "Bavariya"ning sobiq hujumchisi Gerd Myuller egallab turibdi (565 gol).

O'xshash yangiliklar


Manba: fcbarcelona.com