La Liga hakamlik bo'yicha bir qator o'zgarishlar qilmoqchi

Sherzod Nurmatov
31 mar 2025, 12:36
La Liga yangi mavsumdan boshlab APL va Bundesligadan ilhomlanib, hakamlik masalasida o'zgartirishlar kiritishni rejalashtirmoqda.

La Liga yangi mavsumdan e'tiboran ishqibozlar uchun samaradorlik va shaffoflikni oshirishga qaratilgan bir qator o'zgarishlarni kiritadi. Asosiy yangiliklardan biri hakamlar ishini baholash uchun sun'iy intellektdan foydalanish bo'ladi.

Muxlislar jarayonni yaxshiroq tushunishlari uchun hakamlardan VAR qarorlarini darhol tushuntirishlari talab qilinadi. Bundan tashqari, La Liga mas'uliyatni oshirish yo'lida hakamlarni lavozimga ko'tarish va quyi ligaga tushirish tizimini qayta ko'rib chiqadi.

Muhim o'yinlarga eng yaxshi hakamlar tayinlanadi va faqat videoyordamchi hakamlar bilan ishlaydigan alohida VAR guruhi tuziladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Tribuna.com