La Liga. "Barselona” so'nggi daqiqalarda mag'lubiyatni g'alabaga aylantirdi, "Valensiya" esa...

4 noya 2018, 07:03
Ispaniya chempionatining 11-turi doirasida “Rayo Valekano” jamoasi mehmoni bo'lgan “Barselona” qiyinchilik bilan uch ochkoni qo'lga kiritdi.

Madriddagi “Kampo de Valekas” stadionida kechgan bahs Valverde jamoasi uchun yaxshi boshlandi. 11-daqiqada chap qanotdan Alba uzatib bergan to'pni Luis Suares darvozaga yo'llab hisobni ochdi-0:1. Bo'lim oxirlariga kelib mezbonlar muvozanatni tiklashdi. Xose Anxel Poso jarima maydonchasi tashqarisidan uzoq burchakka aylanma zarba yo'lladi. Ter Shtegeni har qancha urinmasin, to'p darvoza ustuniga tegib, to'rga yo'l oldi-1:1.

Ikkinchi bo'limning 12-daqiqasida maydon egalari hisobda olinga chiqib olishdi. Zaxiradan maydonga tushgan Alvaro Garsiya kataloniyaliklar posbonini ojiz qoldirdi-2:1. O'yin shu hisobda yakuniga yotayotgan bir paytda La Liga peshqadami iroda kuchini namoyish etdi. Dastlab zaxiradan maydonga tushgan Usmon Dembele Pike uzatib bergan to'pni kuchli zarbasi bilan pastki burchakka joylab qo'ygan bo'lsa, so'nggi daqiqalarda Serxi Robertoning uzatmasini Luis Suares ajoyib “podkat” ishlatib, darvozaga yo'naltirdi -2:3.

Ushbu g'alabadan keyin “Barselona” ochkolari sonini 24 taga etkazib, La Liga turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirayotgan bo'lsa, “Rayo Valekano”6 ochko bilan 19-pog'onada bormoqda.

Rayo Valekano – Barselona 2:3 (1:1, 1:2)

Gollar:0:1 – 11 Suares, 1:1 – 35 Poso, 2:1 – 57 Garsiya, 2:2 – 87 Dembele, 2:3 – 90 Suares.

RayoValekano – Garsiya, Advinkula, Galves (Velaskes, 71), Amat, Moreno, Komesanya, Embarba, Trexo (Garsiya, 57), Imbula, Poso, de Tomas (Alegriya, 65).

Barselona –  ter Stegen, Serdji Roberto, Pike, Langle, Alba, Rakitich, Buskets, Artur (Vidal, 67), Rafinya (Dembele, 52), Suares, Koutino (Munir, 67).

Ogohlantirish: Amat (6), Langle (17), de Tomas (49), Alba (70), Garsiya (89), Velaskes (90).


Valensiya – Jirona 0:1 (0:0, 0:1)

Gol:0:1 – 48 Pons.

Valensiya – Neto, Vass (Ferran Torres, 85), Garay, Gabriel, Gayya, Soler (Batshuayi, 73), Koklen (Gameyro, 84), Kondogbia, Gedesh, Santi Mina, Rodrigo.

Jirona –Bunu, Ramalo, Espinosa, Munesa, Porro, Aleish Garsiya, Pons, Planas, Roberts (Granel, 78), Garsiya (Soni, 85), Dumbiya (Alkala, 60).

Ogohlantirish: Gayya (28), Dumbiya (30), Koklen (36), Munesa (39), Planas (40), Bunu (59), Gabriel (77), Kondogbia (79).


                                                 La Liga turnir jadvali bilan tanishing

                                                 La Liga to'purarlar ro'yxati

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia