

Ispaniya La Ligasining oxirgi o'rnida borayotgan "Almeriya" jamoasi bosh murabbiyi Visente Moreno iste'foga chiqarildi. Murabbiyning ishdan ketishiga jamoaning yomon natijasi sabab bo'lgan. Moreno ushbu yozda "Almeriya"ni qabul qilib olgandi. Klubni vaqtinchalik o'rinbosarlar tarkibi bosh murabbiyi Alberto Lasarte boshqarib turadi.
Ma'lumot uchun, "Almeriya" etti turdan so'ng ikki ochko jamg'arib, La Liga jadvalining eng quyi o'rnida turibdi.



