La Liga. "Atletiko" muhim o'yinda Suares va Felikssiz raqibini "yanchib tashladi"

Alisher
18 apr 2021, 21:06
Ispaniya chempionati 33-tur doirasidagi "Atletiko" - "Eybar" o'yini yakunlandi.

Bugungi o'yin oldidan madridliklarning oldingi chizig'ida katta muammolar bor edi. Aniqrog'i, jarohat sabab hujumchilar Luis Suares va Joau Feliks safdan chiqishgan edi. Ammo, "matraschilar" muhim o'yinda ularsiz ham raqibini katta hisobda (5:0) mag'lub etishdi. "Atletiko" ushbu g'alabadan so'ng eng yaqin taqibchilari bo'lmish "Real"dan 4 ochko, "Barselona"dan esa 5 ochko, "Sevilya"dan esa 6 ochko ilgarilab ketdishdi, ammo bu "Barsa" va "Real" Simeone shogirdlaridan ko'ra 1ta kam o'yin o'tkazishgan, Andalusiya klubi esa o'z o'yinini o'tkazib bo'ldi.


"Atletiko" - "Eybar" 5:0

Gollar: 1:0 – 42 Korrea, 2:0 – 44 Korrea, 3:0 – 49 Karrasko, 4:0 – 53 Lorente, 5:0 – 68 Lorente.

"Atletiko": Oblak, Lodi, Tripper, Savich (Felipe, 74), Ximenes, Karrasko (Torreyra, 70), Errera (Kondogbia, 69), Lorente, Saul, Korrea (Dembele, 61), Koke (Vitolo, 61).

"Eybar": Dmitrovich, Dufur (Oliveyra, 63), Rodriges (Resio, 72), Burgos, Poso, Atensa, Alvares, Xose Anxel (Rafa Soaresh, 72), Aleish Garsiya (Inui, 62), Arbilya, Kike Garsiya (Kike Gonsales, 72).

Ogohlantirish: Oliveyra (88).


LA LIGA TURNIR JADVALI


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia