Kvalyarellaning qo'pol xatosi genuyaliklarga qimmatga tushdi

9 dek 2019, 01:37
Italiya 15-turining navbatdagi uchrashuvi nihoyasiga etdi.

Genuyadagi "Luidji Ferraris" stadionida o'tkazilgan uchrashuv 0:1 hisobi bilan yakunlandi. O'yindagi yagona gol 21-daqiqada Yuray Kucka tomonidan kiritildi. Uchrashuvdagi eng hayajonli lahza 78-daqiqaga to'g'ri keldi. A Seriyaning amaldagi to'purari, mezbonlar hujumchisi, 37 yoshli Fabio Kvalyarella 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirolmadi.

Sampdoriya – Parma 0:1 

8 dekabr, 22.00, Luidji Ferraris

Gol:

0:1 – 21 Kucka.

Sampdoriya – Audero, Torsbyu, Ferrari, Kolli, Murru, Ronaldu Vieyra (Linetti, 59), Ekdal, Yankto (Kaprari, 80), Ramires (Leris, 59), Gabbyadini, Kualyarella.

Parma – Sepe, Darmian, Yakoponi, Brunu Alvesh, Galolo, Kucka (Brugman, 46), Ernani, Barilla, Kulusevski (Grassi, 85), Kornelius (Dermaku, 68), Jervino.

Ogohlantirishlar:

Kornelius (34), Ronaldu Vieyra (50), Gabbyadini (72), Dermaku (74), Torsbyu (89).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia