Kutilmagan xabar: Viktor Mozes termadagi faoliyatini yakunladi

Mirjalol Normatov
16 avg 2018, 02:42
"Chelsi" vingeri Viktor Mozes milliy termadagi faoliyatini yakunladi.

"Uzoq vaqt shuni o'ylab, termadagi faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. Milliy terma bilan o'z orzularimga etdim. Bu hissiyotlar bir umr qoladi.

Hozir termadan ketishning ayni vaqti. Klublar miqyosida faoliyatimni davom ettiraman. Ketishim orqali nigeriyalik yoshlarga imkoniyat yaratib berdim", - deb yozadi Mozes

27 yoshli Mozes Nigeriya termasi tarkibida 2012 yildan buyon 37 uchrashuvda qatnashdi va 12 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: instagram.com