Kutilmagan transfer. RPLda so'nggi o'rinda borayotgan "Sochi" o'z tarkibiga jahon chempionini qo'shib oldi

Alisher
22 fev 2020, 12:16
Himoyachi Odil Rami rasman "Sochi" o'yinchisiga aylandi.

34 yoshli futbolchi sochiliklarning Rossiya chempionati uchun qaydnomasiga kiritildi.

Rami - 2018 yilgi Jahon chempionati g'olibi sanaladi, ammo u Fransiya terma jamoasi tarkibida Rossiyada o'tgan mundialda umuman maydonga tushmagan.

Eslatib o'tamiz, Rami bundan oldin "Etual", "Lill", "Valensiya", "Milan", "Sevilya", "Marsel" va "Fenerbaxche" klublarida o'ynagan.

Odil 2010-2018 yillar davomida Fransiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: premierliga.ru