Kurtua: "Og'ir hafta o'tdi"

Mirjalol Normatov
5 okt 2021, 00:20
"Real" posboni Tibo Kurtua YCHL va LaLigada so'nggi o'yinlardagi mag'lubiyatlar haqida post qoldirdi.

O'tgan hafta davomida "Real" YCHLda "Sherif" va LaLigada "Espanol"ga bir xil 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

"Omadsiz haftani birorta yaxshi natijasiz yakunlash og'ir. Ha, bizga ham qiyin bo'lmoqda. Ammo jamoaga ishonaman. Biz o'sishga erisha olamiz!", - deb yozadi posbon.

Ayni damda "Real" YCHLda 2 o'yindan keyin 3 ochko to'plagan holda 2-o'rinni egallab turgan bo'lsa, LaLigada 17 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlar evaziga peshqadamlik qilib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal